Воскресенье, 18.08.2019, 06:53
Приветствую Вас Гость | RSS

WWW.SHERLAR.ORG - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI IBRATLI SHERLAR TABRIKLAR

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [673]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
MP3 Musiqalar Yuklash
Fikr va Mulohaza qiling [678]
Fikr va Mulohaza qiling
HIKOYALAR TO'PLAMI / ХИКОЯЛАР ТУПЛАМИ [441]
HIKOYALAR TO'PLAMI / ХИКОЯЛАР ТУПЛАМИ
TUSH TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / TUSH TABIRI KITOBI [49]
TUSH TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / TUSH TABIRI KITOBI
FOYDALI MASLAHATLAR / ПОЛЕЗНЫ СОВЕТЫ [488]
FOYDALI MASLAHATLAR / ПОЛЕЗНЫ СОВЕТЫ
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР
TAOM RESEPTLARI / PAZANDACHILIK / O'ZBEK TAOMLAR / ХАР ХИЛ ТАОМЛАР ВА ПИШИРИКЛАР РЕЦЕПТИ [58]
TAOM RESEPTLARI / PAZANDACHILIK / O'ZBEK TAOMLAR / ХАР ХИЛ ТАОМЛАР ВА ПИШИРИКЛАР РЕЦЕПТИ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [22]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [1583]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 / NOVOSTI / NEWS / AXBOROT / ZORTV / ZAMON KO'RSATUVI
Статистика


Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0

Блог

Главная » 2017 » Март » 14 » ​Lola: “San`atdan ham muhimroq ishlarim bor”
09:22
​Lola: “San`atdan ham muhimroq ishlarim bor”
Ismi jismiga monand, maftunkor va latofatli xonanda Lola Yo`ldosheva "Darakchi” gazetasi mehmoni bo`ldi.
— Bahor, 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Har doimgidek go`zalsiz!

— Rahmat, o`zingizga ham bayram muborak bo`lsin!

— Oilangizda bayramni qanday nishonlaysizlar?

— Bolaligimizda 8 mart bu — onamning kuni edi. Hammamiz bir bo`lib ularni xursand etish uchun turli-tuman sovg`alar yasab, syurprizlar o`ylab topardik. Bugungi kunga kelib esa men uchun bu kun ikki karra bayramga aylangan. Chunki men oyimni, bolalarim esa meni tabriklab, sovg`alar berishadi. O`g`lim, bayram kuni qizim ikkimizga nonushta tayyorlab berishni yoqtiradi. Keyin bolalarim bilan birga onamning uyiga borib, bayramni o`sha erda davom ettiramiz.
— Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

— Bilasizmi, o`tgan qish oylarida, o`zimni ayiqqa o`xshatdim. Bahor kelib, endi "uyg`onyapman”. Aslida, bu go`zal mavsum men uchun alohida ahamiyatga ega desam adashmayman. O`zgarishlar, yangilanishlar faslida o`zimni qalban boshqacha his qila boshlayman. Atrofimda, hayotimda, o`zimda yangilik yaratish istagi paydo bo`ladi. Buning barchasi tabiatning ham uyg`onishi bilan bog`liq bo`lsa kerak.

— Bu o`zgarishlardan birini ko`rishga ulgurdik. Yaqindagina, sochingizni juda kaltalatdingiz. Qiziq, bu keskin o`zgarishlarning sababi nimada ekan?

— Yuqorida aytib o`tganimdek, o`zgarishlar mavsumi keldi. Bundan tashqari, insonning qalbidagi o`zgarishlar, uning tashqi ko`rinishiga ham ta`sir qiladi. Va yana bir oddiy sabablaridan biri, shunchaki uzun sochlardan charchaganim.

— Konsert oldi ketma-ket yangi qo`shiq va kliplar taqdim etib, muxlislaringizni shijoatingizga qoyil qoldirgandingiz. Ammo bugun jimsiz? Yaqin orada ijodiy yangiliklar yaratish rejangizda bormi?

— Faqat harakatda bo`lish odamni charchatadi. Hayotni faqat ish bilan bog`lash, nuqul shoshib yurish bilan umr o`tib ketayotganini sezmay qolamiz. Bu noto`g`ri, nazarimda. Chunki hayotdagi boshqa muhimroq narsalar, nazardan chetda qolib ketishi mumkin. Shuning uchun ham tanaffus kerak. Shundagina tinchlanib, atrofga nazar tashlashga imkon tug`iladi. So`nggi uch-to`rt oy davomida hayotimda shunday payt bo`ldiki, ijoddan to`xtadim. O`zimga-o`zim "xo`sh, keyingi manzil nima? Unga erishganimdan keyin nima bo`ladi? Kasbimdagi maqsadlarimga etib bordim, keyin-chi? Buning oxiri qanday yakun topadi?”, kabi savollar bera boshladi. Qalbim bu yo`sinda davom etishimga qarshi edi. Aslida, mening o`y-xayollarim, maqsadim bunday emas, hayotimdagi boshqa narsalar men uchun afzalroq ekan. Sa`natdagi o`rnimni o`ylab, tasvirga olish maydonchalarida kuyib-pishib yurishdan ko`ra, bolalarim bilan uyda, turli mashg`ulotlar bilan vaqt o`tkazish yoqimliroq ekanini anglab etdim. Bolalarimning bolaligi, buguni, ko`z oldimdan, kino tasmadek o`tib ketishini istamayman. Daqiqalar bilan yashashni xohladim. 2017 yil shaxsiy hayotimda bir qancha o`zgarishlar bo`ladi, rejalarim ko`p. Shuning uchun hozir ijodim to`g`risida gapirib, muxlislarimni umidlantirib qo`yishni istamayman. Ammo bu bilan "San`atni tark etaman” deya balandparvoz gaplar aymoqchi emasman. Chunki, ijodkor doim izlanishda, faoliyatda bo`lishi kerak. Uni bu imkoniyatdan mahrum etish noto`g`ri. Bu unga nafas olishni taqiqlagandek gap. Ishoning, bu gaplarni men o`z tajribamdan kelib chiqib, bu og`riqni his etgan inson sifatida aytyapman. Kelajakda qalbim buyurganda, qo`shiqlarim bilan tinglovchilarimni bahramad etib turaman. Lekin oldindan biror muddatni ayta olmayman.

— 2016 yilgi yakkaxon konsert dasturingizda qizingiz Shahina ham qo`shiq kuyladi. Kelajakda u ham xonanda bo`laman desa, qarshilik qilmaysizmi?

— Bolalarim bilan suhbatlashganimda ularning xohish-istaklari bilan qiziqaman. O`g`lim, men doim uyda bo`lishimni, faqat ular bilan vaqt o`tkazishimni istaydi. Qizim esa doim sahnada bo`lishimni, qo`shiq kuylashim va mashhur bo`lishim tarafdori. Savolingizga kelsak, menimcha qizim san`at yo`lini tanlamaydi. Biroq, agar u bunga qaror qilsa albatta uni qo`llab-quvvatlayman, ko`mak berishga harakat qilaman. Ochig`i, qizim, bu kasb uning uchun emasligini, anglab etishi uchun ham unga yordam beraman.

— Instagramdagi "follover”laringiz haqida gaplashsak. Sizningcha, ular sizni yaxshi gaplar bilan siylashadimi yoki tanqidchilarning soni ko`proqmi?

— So`nggi vaqtlar ular menga mehribon bo`lib qolishganini sezyapman. Muxlislarim har bir suratim ostida ijobiy fikrlar bildirib, meni xursand etishyapti, ilhomlantirishyapti. Tanqidiy fikrlar avvalgiga ko`ra ancha kamaygan. Biroq o`zidagi salbiy energiya bilan sahifamni "bezab” turadiganlar ham yo`q emas. Ularga munosabatim yomon emas. Hammaga birdek yoqib bo`lmasligini allaqachon tushunib etganman.

— Kuni-kecha xonanda Manzura doim ochiq-sochiq kiyinishingizga shama qilib izoh yozdi. Aniqroq aytadigan bo`lsak, yangi xarid qilgan libosingiz surati ostiga "Vanihoyat yopiq libos...” deb yozganini o`qib, xayolingizdan nimalar o`tdi?

— Hamkasbimni aynan shu mavzu bunchalik o`ylantirishini bilmagan ekanman. Menimcha, Manzura men bilan shunchaki so`z o`yini qilib, hazillashdi. Men ham bo`sh kelmasdan, hazilomuz javob qaytardim. Nazarimda, bu gaplarni jiddiy qabul qilish noto`g`ri.

— Mashhur bastakorlardan biri "Rassomning yaxshi ijod qilishi uchun unga uch narsa muhim: bu maqtov, maqtov va yana bir bor maqtov” degan ekan. Sizga "ilhom parilari” kelishi uchun nimalar zarur?

— Meni muhabbat harakatlantiradi. Nazarimda, har bir ishning poydevori ham aynan mehr va muhabbatdan yaralgan bo`lishi kerak.

— Ijtimoiy tarmoq orqali shaxsiy hayotingizda o`zgarishlar ro`y berayotganini bildirgandingiz. Bu o`zgarishlar haqida batafsilroq gapirsangiz...

— Shaxsiy hayotim faqat meniki, shu sabab sir bo`lib qolishini istayman. Lekin bir narsaga izoh berib o`tmoqchiman, bugungi kunda suratlarimni joylashtirayotganim, baxtim bilan qisman bo`lishayotganim, o`sha insonni endi uchratganimdan dalolat emas. Agar bu munosabatlar haqida gap boshlasam, uzoq yillar ortga nazar tashlashga to`g`ri keladi. Sevgimiz tarixini keyinroq, vaqti kelganda barcha bilan bo`lishishga va`da beraman. Hozircha vaqti kelgani yo`q. Faqat munosabatlarimiz jiddiylashib, ahdu paymon qildik.

— U haqida nimalarni gapirib bera olasiz?

— Bilasizmi, insonda shunday holat bo`ladiki, u qalbida kemtiklik seza boshlaydi. O`sha bo`shliqni ish, qo`shimcha mashg`ulotlar bilan to`ldirib borib, o`zini band qilishga harakat qiladi. Aynan menda ham shunday edi. Ammo uchratgan insonim o`sha kamchiliklarni to`laqonlik qopladi. Mehri, e`tibori, barcha insoniy fazilatlari bilan ko`nglimdan joy oldi. Ertangi kunga ishonchimni oshirdi. Munosabatlarimizda gumon, shubha, ishonchsizlikka o`rin qolmadi. Menimcha, bir ayol uchun bundan ortiq baxt bo`lmasa kerak. Bugungi baxtimni asrab-avvaylab yashashni istayman. Hozircha aytadiganlarim shu...

Xonanda hayotidagi yangilik va ijobiy o`zgarishlar haqida ko`p narsalarni gapirib berishni istadi-yu, ammo uni ko`z-ko`z qilishni xohlamadi. Shuning uchun ham sevgisi va yaqin kunlarda rejalashtirayotgan muhim voqealar haqida batafsil to`xtalib o`tishni istamadi. Biz esa unga baxt va orzulari ro`yobini tilab, xayrlashdik.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi
Категория: SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ | Просмотров: 476 | Добавил: sherlarorg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SMS SHERLAR
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [2]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР

SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [5]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [0]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [0]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [0]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI [0]
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР [0]
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [0]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [0]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ [0]
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [0]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [0]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО [0]
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [0]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [1]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [0]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [0]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [0]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS SPORT / СМС СПОРТ [0]
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ [0]
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА [0]
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [0]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN HAQIDA SHERLAR / СМС ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
SMS VATAN HAQIDA SHERLAR / СМС ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ [0]
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС ВАЛЕНТИНКИ СМС В ДЕНЬ СВЯТОГО ВАЛЕНТИНА, 14 ФЕВРАЛЯ, СМС ВАЛЕНТИНКИ [0]
СМС ВАЛЕНТИНКИ СМС В ДЕНЬ СВЯТОГО ВАЛЕНТИНА, 14 ФЕВРАЛЯ, СМС ВАЛЕНТИНКИ
СТИХИ О ЛЮБВИ [0]
СТИХИ О ЛЮБВИ
СМС ПРИЗНАНИЯ [0]
СМС ПРИЗНАНИЯ
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА
СМС НА ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ [0]
СМС НА ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
Смс другу [0]
Смс другу
С 1 апрельские приколы [0]
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [0]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ / ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ / ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ
Смс реклама [0]
Смс реклама
СМС СПОКОЙНОЙ НОЧИ [0]
СМС СПОКОЙНОЙ НОЧИ
Студенческие смс [0]
Студенческие смс
ENGLISH SMS | FUNNY, INSPIRING AND GENERAL SMS IN ENGLISH LANGUAGE [0]
ENGLISH SMS | FUNNY, INSPIRING AND GENERAL SMS IN ENGLISH LANGUAGE
O'ZBEK SHOIRLARI / УЗБЕКСКИЕ ПОЭТЫ [0]
O'ZBEK SHOIRLARI / УЗБЕКСКИЕ ПОЭТЫ
AŞK SÖZLERI - SMS TURK SÖZLERI [0]
AŞK SÖZLERI - SMS TURK SÖZLERI
MUHAMMAD YUSUF SHERLARI / МУХАММАД ЮСУФ ШЕРЛАРИ [0]
MUHAMMAD YUSUF SHERLARI / МУХАММАД ЮСУФ ШЕРЛАРИ
ABDULLA ORIPOV SHERLARI / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ [0]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ [0]
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ [3]
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ [0]
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ [0]
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ [0]
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ [0]
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ [0]
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR [0]
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ [0]
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI [0]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR [0]
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR
QO'SHIQ UCHUN SHERLAR / КУШИК УЧУН ШЕРЛАР / КУШИКЛАР МАТНИ [0]
QO'SHIQ UCHUN SHERLAR / КУШИК УЧУН ШЕРЛАР / КУШИКЛАР МАТНИ
ТОЖИКЧА ШЕРХО [0]
ТОЖИКЧА ШЕРХО
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR [0]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR [0]
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР [0]
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР [3]
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR [0]
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи [0]
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ [0]
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз [0]
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright WWW.SHERLAR.ORG © 2017 - 2019
uCoz
SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari, www.sherlar.net, SHERLAR.NET WWW.SHERLAR.NET