Среда, 17.07.2019, 04:38
Приветствую Вас Гость | RSS

WWW.SHERLAR.ORG - SMS SHERLAR SEVGI SHERLARI IBRATLI SHERLAR TABRIKLAR

Меню сайта
Категории раздела
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [612]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
MP3 Musiqalar Yuklash [1]
MP3 Musiqalar Yuklash
Fikr va Mulohaza qiling [589]
Fikr va Mulohaza qiling
HIKOYALAR TO'PLAMI / ХИКОЯЛАР ТУПЛАМИ [371]
HIKOYALAR TO'PLAMI / ХИКОЯЛАР ТУПЛАМИ
TUSH TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / TUSH TABIRI KITOBI [49]
TUSH TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / TUSH TABIRI KITOBI
FOYDALI MASLAHATLAR / ПОЛЕЗНЫ СОВЕТЫ [459]
FOYDALI MASLAHATLAR / ПОЛЕЗНЫ СОВЕТЫ
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР
TAOM RESEPTLARI / PAZANDACHILIK / O'ZBEK TAOMLAR / ХАР ХИЛ ТАОМЛАР ВА ПИШИРИКЛАР РЕЦЕПТИ [58]
TAOM RESEPTLARI / PAZANDACHILIK / O'ZBEK TAOMLAR / ХАР ХИЛ ТАОМЛАР ВА ПИШИРИКЛАР РЕЦЕПТИ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [20]
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [1219]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 / NOVOSTI / NEWS / AXBOROT / ZORTV / ZAMON KO'RSATUVI
Статистика


Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0

Блог

Главная » 2019 » Июль » 8 » Hikoya: Huvillab qolgan dunyo
16:21
Hikoya: Huvillab qolgan dunyo
Ba'zan ismimga e'tiroz bildirishadi. Xudoning ismi, oldiga Abdul qo'shib aytgin, deyishadi. Biroq menga bu ism boshqa maqsadda berilgan. Yetti oyda tug'ilganim uchun shifoxonada menga «Hech qancha yashamaydi, o'ladi», deb tashxis qo'yishgan. Hatto «Mehringiz tushib qolsa, bir umr unutolmay, iztirob chekib yashaysiz», deya otam qarindoshlariga meni ko'tarishni, bag'riga bosishni, o'pishni taqiqlab qo'ygan. Faqat onam bilan enamgina hech kimga ishonmagan. Onam bir zum bo'lsin quchog'idan qo'ymay alqalab yurgan bo'lsa, buvim «Mening nabiram kuchli, unga hech narsa qilmaydi», deya butun qishloqni aylanib chiqqan. Kuni bo'yi uyma-uy yurib, hammaga «Mening nabiram kuchli, mening nabiram Vahob», deya suyunchi olib yurgan. Xullas, ismimning ma'nosi shu — kuchli degani. Tangrining quli, degan ma'noga daxli yo'q. Bundan    tashqari, ismimiz qanday atalishidan qat'i nazar, hammamiz Yaratganning bandasimiz. Hammamiz Abdullohmiz.

O'zimga kelsak, enam adashmagan ekan. Mana, yuribman yashab…

* * *

Ismi Ruhiyat edi. Onasi edi qishlog'imizning. Yiqilganni suyaguvchi ham, adashganning himoyachisi ham, to'y qilganning boshi ham, ko'chada qolganning panohi ham enam edi. Ishonsangiz, tez-tez oldiga olimlar, yozuvchilar, muallimlar kelib turardi. Yo'qolib ketayotgan urf-odatlar deysizmi, an'analar deysizmi, xalq og'zaki ijodi deysizmi, xullas, bu borada «Ma'lumotlar byuro»si ham enam edi. Tabibman demasdi-yu, ammo qishloq ahli uni «Ibn Sinoning nabirasi», derdi. Aldash yo'q, hali tumandan, hali shahardan ham katta-katta shifokorlar kelib, enamdan maslahatlar olib ketishardi. Ba'zan esa ularning tortishuvlariga ham guvoh bo'lib qolardim. Sababi, shifokorlar kasallik varaqasiga qarab xulosa qilsa, enam kasalning tanasiga qarab xulosa chiqarardi.

— Ena, axir oshqozonim sanchadi, ishtaham yo'q deyapti, — tushuntirgan bo'ladi shifokor o'zi bilan sudrab kelgan bemorga, bir chordona qurib o'tirgan enamga qarab. — Achchiq qalampirning bunga nima daxli bor?

— Bir marta yesa o'lib qolmaydi, enang tengi odam bilan aytishmasdan, aytganimni qil! — qaysarligi tutib qoladi enamning. — Bo'l!..

Shifokor-ku, mayli, bemorning hayotiga, sog'lig'iga javobgar. Shuning uchun o'zi ikkilanayotgan narsani bemorga tavsiya etishga tiyib turadi o'zini, ammo bunday holda bemorlar hozir buvijon jahli chiqyapti, deb ko'ngillilardan bo'lib qo'l ko'taradi. Qo'lidagi qip-qizil qalampirga xuddi noyob topilmadek sinchikla-ab tikiladi.

— Bittada yarmini tishla, bolam.

— Yarmini? — ko'zlari chaqchayib ketadi kasalning.

Axiyri bo'lmaydi, enam yemaganiga qo'ymaydi. So'ng ko'zlaridan shaldirab yosh oqayotgan bemorga suv beradi, choy-non,    keyin ovqat. Ehtimol, achchiqni bosish uchun bo'lsa kerak, ishtaha bilan, tamshanib-tamshanib ovqatlanayotgan kasalga qarab, enam tilga kiradi:

— Sening davong qalampir emasdi…

Kasal ham, shifokor ham yalt etib enamga qaraydi. Enam esa beparvo:

— Shunchaki, ishtahangni sinab ko'rdim, — deydi.

So'ng kasalning yuqori chap ko'ksida uchi ko'rinib, do'ppayib turgan idishga ishora qiladi:

— Ana sening kasaling…

Kasal cho'ntagidagi nosqovog'ini ikkilangancha olib, ming bir istihola bilan o'rtaga qo'yadi.

— Nos — oshqozonda hazm bo'lmaydigan modda. U tiling ostida mahali gapirganingda erib, suyuladi-da, ma'lum qismi oshqozonga ketadi. Holat takrorlanavergach, oshqozondagi nos yig'ilib, kuchga aylanadi. Qirq qavatni sekin-asta qirqadi. Natijada hazm qilish borasida muammolar tug'iladi, uqdingmi? Ovqat yemoqchi bo'lsang, ishtaha yo'q, yemasang, sanchadi…

* * *

Enamning aytishicha, nos ota-bobolarimizdan qolgan chekimlik emas, uni yaqin o'tmishda, so'nggi ikki yuz yillikdagi urushlarda, ocharchiliklarda odamlar o'zlari o'ylab topgan. Ishtahani bo'g'ib, o'zlarini aldash uchun. Ammo u paytning odamlari kayfu safo haqida o'ylashmagan ekan. Qolaversa, qorin og'rish kasali ham mana shu nos, tag'in o'risdan kirib kelgan hojatxonalardan so'ng boshlanganmish. Biz unitaz deydigan moslamada o'tirish — hojat yo'llarini bo'g'ib qo'yarkan, ichaklarda muammo keltirib chiqararkan.

* * *

Enam neniki tayinlamasin qulog'imga quyib olardim. To'g'ri, ba'zan «isyon» ham qilib turardim, ammo enam yaxshilab tushuntirib bergach, xotiramda muhrlanib qolardi. Aytaylik, kalantar voqeasi.

Oldinlari suv tashish uchun kalantar degan narsa bo'lgan. Bu moslama uzun, o'rtasi ark shaklida bo'lib, yelkaga osib yuriladi. Uning har ikki yoniga bir xil vazndagi yuk ilib olishingiz mumkin.

— Go'jaga suv kerak, quduqdan muzdekidan olib kel, — deb qoldi bir kuni enam paxta qavib o'tirib.

Erinib bo'lsa-da, chillagimni yig'ishtirib, chelakni qo'limga olgancha darvoza tomon ketayotgandim, enam to'xtatdi:

— Ikkita chelak olvol.

— Uff-f… ikki chelak nega kerak, ikki chelak qilmaysiz-ku!

— Aytganimni qil. Ikki chelagiyam bir xil bo'lsin!

Shu tariqa enam o'zi yasagan kalantarni yelkamga iladi. Olib kelganimdan so'ng ham, tushligimizdan so'ng ham qovog'im ochilmayotgani, hovlida hali u, hali bu narsani tepib yurganimni ko'rib, enam meni yoniga chaqiradi. Zaxirada turgan bir chelak suvning teng yarmini bo'sh chelakka solib, qo'limga tutqazdi:

— Ko'tar!

Ko'tardim. Endi nima qilishni bilmay, garangsirab turaverdim. Picha vaqtdan so'ng enamga:

— Nima qilay, yelkam og'rib ketdi, — desam, enam:

— Ikkinchi qo'lingga mana buni ham ol, — deb qoldi.

Men aytganini qildim.

— Endi-chi? Og'rimayaptimi?

Bosh silkidim. Darhaqiqat, endi og'rimay qo'ygandi.

— Senga atay ikki chelak suv aytdim, — chelaklarni qo'yib, yoniga o'tirishimni imlagach, tushuntiradi enam. — Bir    yoningga og'iring tushsa, albatta, suyagingga malol keladi. Ikki yoningga bir xil og'irlikda ko'tarsang, muvozanat saqlanib qolinadi. Odamlar kalantar ishlatmay qo'ygani yoki ikki qo'lida ikki xil vazndagi yukni ko'tarishga odatlangani uchun  orttirib olishgan o't kasalligini. O't pufak shundan og'riydi, bolam.

* * *

Enam uchun taqvim Navro'zdan boshlanadi. Odamlarning yoshini to'qqiz oy qo'shib hisoblaydi. Bahoru yozni, kuzu qishni, avvalo, hayvonlarning o'zini tutishi, qolaversa, o'simliklarga, yerga, tuproqqa qarab aytardi. Ayniqsa, qish bilan bahor o'rtasini aniq-tiniq aytib berardi. «Indamas havo, odamning dushmani», derdi. «Hammani shu havo kasal qiladi», derdi. «Issiq kiyinib chiqsang, isib ketadi, yupqa     kiyinib chiqsang, sovib ketadi, terlab taningni yopishtiradi, namgarchilik tanangga singadi», derdi. Ramazonda soatlarni tan olmaydi, osmonga qarab chamalaydi. Enamning taqvimi shunaqa edi. Unda nainki kunlar, haftalar, hatto oylar, yillar ham yo'q edi. Unda gullar, chechaklar, havo, tuproq, hayvonlar bor edi. Bayramlar esa qizil bilan emas, otam bilan onamning kelishlari bilan belgilanardi (Otam Ukrainada harbiy xizmatdan so'ng ham biroz qolgan, u payt Doneskda uyimiz bo'lardi. Propiska muammosi sabab biz faqat mehmonga borardik, bolaligim, asosan, enam bilan o'tgan).

Taqvimga qaytamiz. Quruq tomda ham tuproq paydo bo'lgani, hayvonlar bit yo kanalashi, parrandalarning qachon va qanday uchishi — hammasi enam uchun aniq-tiniq taqvim. Mening esa enamga o'xshab bilag'onlik qilish uchun qilgan barcha taxminlarim ba'zi-ba'zidagina o'zini oqlardi.

* * *

— Ena?

— Ha, qo'zim!

— Onam qachon keladi?

— Qishda…

— Qish qachon keladi?

— Bog'imizdagi temirlar qirovlaganda.

— Qachon qirovlaydi?

— Lochin tog'ang yetishtiradigan qovoqlar bor-ku, o'shaning oxirgi guli ham sarg'ayganda.

— Nega sarg'aymayapti?

— Hali turnalar uchmadi-ku.

— Qachon uchadi?

— Sovuq tushganda…

— Qachon sovuq tushadi?

— G'olib tog'ang anorlarimizni ko'mib bersin, o'shanda.

— G'olib tog'am qachon keladi?

— Tegmanozik tegmasang ham to'kilsin, o'shanda.

— Tegmanozik guli endi yaxshi gullayapti-ku, qachon to'kiladi?

— Otang kelganda…

— Otam qachon keladi?

— Onang kelganda-da, qo'zim, birga kelishadi-ku.

— Onam qachon keladi?

— Bog'imizdagi temirlar qirovlaganda…

Bo'ldi, bu yog'i to enam zada bo'lib, meni haydab solmaguncha aylanaveradi. Aslida, enamning o'zi ataylab jumlani aylantirib boshiga olib keladi. Chunki otam, onam haqida gaplashib o'tirishimizni istaydi. Har zamon gapni aylantirib, ularga taqaydi. To'g'ri, cho'zilmasdan, shundoq ham otam haqida, onam haqida gaplashsak bo'ladi, faqat mavzu aynan ular bo'lsa, unda sog'inganimiz o'z kuchini ko'rsatib, ichikishimiz mumkin. Shuni o'ylaydi enam. Holbuki, mendan ko'ra enamning o'zi istaydi ularning tez kelishini, qaniydi sira ketishmasliklarining iloji bo'lsa… Ayniqsa, ulardan xat kelsa, ko'zlariga surtib-surtib, keyin qo'limga tutqazadi:

— O'qib ber, qo'zim!

Ba'zan enamga kirill alifbosini o'rgatishga urinardim.

— Nima qilaman uni?

— Otamdan kelgan maktubni o'zingiz o'qiysiz, bemalol, ena.

Keyin darsni boshlaymiz. Enam men bergan alfavit bo'yicha yodlatganlarimni takrorlay boshlaydi:

— A… B… Bga o'xshadi.

— V.

— V… Ye… Yening teskarisi.

— E.

— E. K… Kning chiziqlisi.

— Q.

— Q. U… Uning nuqtalisi.

— O'.

— E, bo'ldi-da!..

— Axir o'rganib olsangiz, otamdan kelgan xatni o'zingiz o'qiy olardingiz, ena!

Enam jimib qoladi. Ko'kka qaraydi. Uzo-oqlarga termilib sekin pichirlaydi:

— Bolaginam-a, otangdan kelgan maktubni o'qish uchun menga harf ham, til ham kerak emasligini bilsayding. Harflar orasida esayotgan u yoqlarning shabadasi, qog'ozdan kelayotgan bolajonimning hidi menga gapirib beradi nima yozilganini. Bolajonim qanday, nima qilyapti, quvonchu qayg'usi, yig'isiyu kulgisi — hamma-hammasini…

— Yig'layapsizmi?

— Piyoz tozalayapman-ku, dumbul. Undan ko'ra tur, Anbar enangga ham o'qitib kel.

— Xo'p.

* * *

Enam, aslida, otamning tuqqan onasi emas, otamning tuqqan onasi, aslida, Anbar enam. Qisqasi, gap bunday. Ikki opa-singil bo'ladi. Kattasining, ya'ni Ruhiyatning eri va yakkayu yagona o'g'lini urushga olib ketishgach, bir kuni eridan, yana bir yarim yildan so'ng esa bolasidan qoraxat keladi. Ruhiyat qarindosh-urug' har qancha qarshilik qilishsa ham «Erimning xotirasi bilan yashayman!» deb turib oladi. Boshqa turmush qurmaydi. Bu orada singlisi Anbar to'rtinchi farzandiga homilador edi. Shunda Anbar eri Rahim qassobga «Keling, hademay qariydi, yolg'iz va qarovsiz qolmasin, shu bolani emizmay, mehrimni bermay turay, opamga beraylik», deb iltimos qiladi. Rahim qassob rozi bo'ladi. Shu tariqa otam tug'iladi va uni Ruhiyatga, mening mana shu enajonimga berishadi. Enam otamga Ro'zimuhammad deb ism qo'yadi. Chindan turmush qurmay, endilikda faqat otam uchun yashaydi. Ko'zlarining ostida, qarog'larining orasida katta qiladi.

Xullas, otamdan kelgan xatni Anbar enamga ham olib boraman. O'qib beraman. Enam oldin ko'z yoshi, so'ng duo qilib qo'yadi. Keyin maktubni yana enamga olib kelib beraman. Enam uni dastavval sellofanga, so'ng qutiga, so'ng jilkaga o'rab, oxirida sandig'iga solib qo'yadi.

* * *

Ba'zan «Enam ham adashishi mumkinmi?» deb o'ylab qolardim. Sinab ko'rish uchun enamdan oldin uyg'ongan paytlarim ham bo'lgan. Bir kuni xo'roz qichqirishidan oldin uyg'onib, enamni uyg'ota boshladim.

— Nima deysan, qo'zim?

— Turing, ena, xo'roz qichqirdi, yalpayib yotishingizni qarang!

— Aldayapsan.

— Chippa-chin so'zim, aldamayapman, ena!

Enam inqillab-sinqillab o'rnidan turadi. Kunchiqar tomonga birpas, osmonga birpas tikilib turadi.

— Hali Komiljonning «Go'ring»i bilan, «Dog'man»icha vaqt bor.

Enam kelib yana uzala tushib yotadi. Men yugurib borib, patefonda enam aytgan qo'shiqlarni qo'yaman. Enam patefonni «O'zi aytar xalfa» deydi. Xullas, Komiljon Otaniyozovning ashulasi boshlanadi:

«Har yigitning aslin bilay desangiz,

Ma'rakada o'tirib-durishin go'ring.

Birov bilan oshno bo'lay desangiz,

Avval va'dasinda durishin go'ring!

Odobi-ikromi, yurishin go'ring!»

Bu ashuladan so'ng «Maftuna sari, husningga zunnor garakmas»ni boshlaydi. Shuning uchun men uni shartta o'chirib, narigi lentani tiqaman. U «Dog'man» bilan boshlanadi.

«Ishqingda zor o'ldum, netay, g'amgin dimog'man,

Bemoru furqating bilan    zoyirda sog'man.

Aqlu hushim saning bilan, ko'zdan yirog'man,

Ko'rsat yuzingni tolibi nurichirog'man,

Hajringda dardu g'am bilan, hasratda dog'man…»

Bu qo'shiqlar menga yod bo'lib ketgan. Oxirida «Hasratda dog'maa-an», deb yakunlaydiki, hovlida xo'roz qichqiradi.

Qanaqasiga axir?! Nega soatlar to'xtab qolishi mumkin, ovozi chiroyli qiz radioda aytgan harorat yolg'on chiqishi, ob-havo o'zgarishi mumkin, ammo enam  yanglishmaydi?

* * *

Maktabga chiqa boshlaganimda enamga soat topib berdim. Soatning aqrablari nimaligini bilmagani uchun qattiq ogohlantirdim.

— Qarang, kichkina tayoq yettida, kattasi o'n ikkida turishi kerak. Xullas, ena, ertalab yettida uyg'oting, maktabga kech qolmay tag'in, kelishdikmi?

— Kelishdik, qo'zim!

Kelishganimizga pushaymonlar bo'ldim. O'quv kunlari mayli, dam olish kunlari ham uyg'otadigan bo'ldi. Axiyri, dam olish kunlari yostig'im yoniga chillakmi, lankami qo'yib yotadigan bo'ldim. Enam shundan biladi, bugun maktab yo'qligini.

Odatdagidek maktab kunlarining biri. Enam doimgidek gaplari bilan meni turtyapti:

— Tur, qo'zim, maktabga kech qolasan. Soat yetti bo'ldi. Tura qolsang-chi!

Erinibgina ko'zlarimni ochsam, beshta kam olti yarim.

— Ena, esingiz ham ketibdi-ku, a? Soat hali olti yarimga besh daqiqa bor.

Enam bir soatga, bir menga tikilib, aybdorona bosh egdi.

— Axir yetti bo'ldi-ku!

Yo'q, o'z bilganimdan qolmadim. Soat yettigacha birpas yotdim, garchi uyqum endi kelmasa ham. Nihoyat, doimgidek maktabga kelsam…

Roppa-rosa o'ttiz besh daqiqa kechikibman. Aftidan, soat orada bir to'xtab, yurmay qolgan. Enam esa soatni haligacha o'rganmaganini o'shanda tushundim.  Demak, enam shu paytgacha, baribir, ichki sezgilariga ishonib kelgan.

* * *

Bugun kompyuter bor, internet bor har qanday bilim uchun. Ammo ko'pincha adashaman. Rivojlangan tibbiyot bor, ammo o'n olti yoshimdan goh yurak, goh qand bilan og'rinaman. Soat bor aniqlik uchun, ammo nuqul ishxonamga ham, boshqa joylarga ham kechikib yuraman. Obro' bor, tanish-bilish, muxlislar degandek, ammo yolg'izman…

Chunki dunyo huvillab qolgan…

Chunki dunyo kimsasiz…

Chunki enam oramizda yo'q…
Категория: HIKOYALAR TO'PLAMI / ХИКОЯЛАР ТУПЛАМИ | Просмотров: 18 | Добавил: sherlarorg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск

-------
SMS SHERLAR
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР [2]
SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР

SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека [5]
SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления [0]
SMS TABRIK SHERLARI / Смс поздравления
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS TUG'ILGAN KUN TABRIKLARI / СМС ТУГИЛГАН КУН ТАБРИКЛАРИ
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS JUMA AYYOMI TABRIKLARI / СМС ЖУМА АЙЙОМИ ТАБРИКЛАРИ
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК [0]
SMS TABRIK / СМС ТАБРИК
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS YANGI YIL SHERLARI / SMS YANGI YIL TABRIKLARI / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИКЛАРИ
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар [0]
SMS XAYIT BAYRAMIGA SHERLAR / СМС хайит байрамига шерлар
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI [0]
14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI TABRIK SHERLARI
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР [0]
1 APREL SMS HAZILLAR / 1 АПРЕЛ СМС ХАЗИЛЛАР
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ [0]
SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА [0]
SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ [0]
DO'ST HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ДРУЖБЕ
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР [0]
SMS OPERATOR / СМС ОПЕРАТОР
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА [0]
SMS TALABA / СМС ТАЛАБА
SMS FOTO / СМС ФОТО [0]
SMS FOTO / СМС ФОТО
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА [0]
SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР [1]
SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ [0]
SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ [0]
SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК [0]
SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
SMS DO'STLIK HAQIDA SHERLAR / СМС ДУСТЛИК ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS SPORT / СМС СПОРТ [0]
SMS SPORT / СМС СПОРТ
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ [0]
SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА [0]
SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ [0]
SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ
SMS VATAN HAQIDA SHERLAR / СМС ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР [0]
SMS VATAN HAQIDA SHERLAR / СМС ВАТАН ХАКИДА ШЕРЛАР
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ [0]
SMS XAYRLI KUN TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТУН ТИЛАБ
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС ВАЛЕНТИНКИ СМС В ДЕНЬ СВЯТОГО ВАЛЕНТИНА, 14 ФЕВРАЛЯ, СМС ВАЛЕНТИНКИ [0]
СМС ВАЛЕНТИНКИ СМС В ДЕНЬ СВЯТОГО ВАЛЕНТИНА, 14 ФЕВРАЛЯ, СМС ВАЛЕНТИНКИ
СТИХИ О ЛЮБВИ [0]
СТИХИ О ЛЮБВИ
СМС ПРИЗНАНИЯ [0]
СМС ПРИЗНАНИЯ
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С 8 МАРТА
СМС НА ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ [0]
СМС НА ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
Смс другу [0]
Смс другу
С 1 апрельские приколы [0]
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [0]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ / ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ [0]
СМС ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ / ПОЗДРАВЛЕНИЯ С НОВЫМ ГОДОМ
Смс реклама [0]
Смс реклама
СМС СПОКОЙНОЙ НОЧИ [0]
СМС СПОКОЙНОЙ НОЧИ
Студенческие смс [0]
Студенческие смс
ENGLISH SMS | FUNNY, INSPIRING AND GENERAL SMS IN ENGLISH LANGUAGE [0]
ENGLISH SMS | FUNNY, INSPIRING AND GENERAL SMS IN ENGLISH LANGUAGE
O'ZBEK SHOIRLARI / УЗБЕКСКИЕ ПОЭТЫ [0]
O'ZBEK SHOIRLARI / УЗБЕКСКИЕ ПОЭТЫ
AŞK SÖZLERI - SMS TURK SÖZLERI [0]
AŞK SÖZLERI - SMS TURK SÖZLERI
MUHAMMAD YUSUF SHERLARI / МУХАММАД ЮСУФ ШЕРЛАРИ [0]
MUHAMMAD YUSUF SHERLARI / МУХАММАД ЮСУФ ШЕРЛАРИ
ABDULLA ORIPOV SHERLARI / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ [0]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ [0]
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ [3]
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ [0]
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ [0]
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ [0]
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ [0]
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ [0]
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR [0]
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ [0]
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР [0]
25 MAY SO'NGI QO'NG'IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI [0]
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR [0]
21 OKTYABR TIL BAYRAMI HAQIDA SHERLAR
QO'SHIQ UCHUN SHERLAR / КУШИК УЧУН ШЕРЛАР / КУШИКЛАР МАТНИ [0]
QO'SHIQ UCHUN SHERLAR / КУШИК УЧУН ШЕРЛАР / КУШИКЛАР МАТНИ
ТОЖИКЧА ШЕРХО [0]
ТОЖИКЧА ШЕРХО
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ [0]
SMS NAVRO'Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR [0]
SOG'INCH HAQIDA SHE'RLAR / SOG'INCH MAKTUBLARI / SOG'INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR [0]
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР [0]
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР [3]
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR [0]
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи [0]
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ [0]
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз [0]
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Copyright WWW.SHERLAR.ORG © 2017 - 2019
uCoz
SMS SHERLAR, AFORIZMLAR, O'ZBEKCHA STATUSLAR, STATUSLAR, YANGI SHERLAR, SEVGI HAQIDA SMS SHERLAR, SEVGI SHERLARI, TABRIKLAR, YANGI YIL TABRIKLARI, YANGI YIL BILAN, 8 MART TABRIKLARI, HAYIT BAYRAMI TABRIKLARI, TURLI HILDAGI SMS SHERLAR, SMS SHERLAR MAKONI, YANGI SMS SHERLAR, SMS YUBORISH, BEPUL SMS YUBORISH, BEPUL SMS SHERLAR, СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR, СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки 14 Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari SMS HAYIT BAYRAMI SHERLAR / СМС ХАЙИТ БАЙРАМИГА ШЕРЛАР 1 aprel sms hazillar SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. MAKTAB SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА ШЕРЛАР SMS PRIKOL (xazil) / СМС ПРИКОЛ SMS DO`STLIK / СМС ДУСТЛИК SMS FOTO / СМС ФОТО SMS GRAFIKALAR / СМС ГРАФИКА SMS IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР SMS KINO MIX / СМС КИНО МИХ SMS YANGI YIL / СМС ЯНГИ ЙИЛ ТАБРИК SMS XIKMATLI / СМС ХИКМАТЛИ SMS TOPISHMOQ / СМС ТОПИШМОК SMS TABRIK / СМС ТАБРИК SMS SPORT / СМС СПОРТ SMS ANIMATSIYA / СМС АНИМАЦИЯ SMS SEVGI / СМС СЕВГИ SMS REKLAMA / СМС РЕКЛАМА SMS MANTIQIY / СМС МАНТИКИЙ SMS LATIFA / СМС ЛАТИФА Стихи о любви Смс признания СМС Поздравления с 8 Марта СМС на день рождения Смс другу С 1 апрельские приколы СМС доброе утро Смс cтихи Прикольные смс SMS VATAN SMS Новый год Смс реклама СМС спокойной ночи Студенческие смс SMS English SMS TURK Qo'shiq uchun sherlar Farab ijodidan Yigitlar haqida eng zo'r statuslar Qizlar haqida statuslar Muhammad Yusuf sherlari Alisher Navoiy g'azallari Sms dostlik Vatanim manim SMS sevgi SMS hazillar SMS tabriklar SMS tilak SMS maslahatlar SMS maqtovlar SMS grafika SMS Dahshatlari SMS Ism Hazil topishmoqlar Hikmatli so'zlar Hayotiy SMS'lar Operator SMS'lari Sms sport xazillari Sms ota-ona SMS Aqlli gaplar Hijron sherlari Maktab sms sherlar Sog'inch she'rlari SMS Epigraflar SMS Talaba Mobile SMS'lar Sms juma ayyomi tabriklari SMS aforizmlar SMS Prikol Maqollar SMS Sherli Fotolari Love Foto SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. Sevgi Hikoyalari SMS Ishq Ertagi SMS Anekdot Latifalar SMS MP3 LAR Sardor Rahinxon Sms Mp3 Ahad Qayum sherlar Sms Mp3 SMS Qo'shiq Matni prikol Janob-prikol Sherlari SMS BAYRAMLAR SMS tug'ulgan kun tabriklari To'y Sherlari 1-Sentabr Mustaqillik bayrami Tabrik Sherlari 21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari 14-Fevral sevishganlar kuni Tabrik Sherlari 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni Tabrik Sherlari SMS Yangi yil bayrami SMS 1-Aprel hazillari SMS 8-Mart Xotin-qizlar bayrami SMS Ramazon kuni SMS Qurbon hayiti kuni SMS Ustozlar bayrami 1-Iyun bolalar kuni 25-May So'nggi Qo'ng'iroq 21-Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar SMS O'zbekcha Status SMS Sevgi Status SMS Prikol Status SMS Do'stlik Status SMS Bayramlar Status SMS Mail Agent Status SMS Odnoklassniki Status SMS Fcebook Status SMS Vkontakt Status SMS ICQ Status SMS Twitter Status Исмлар маъноси Открытки на заказ Azerbaycan statuslari sozleri Sevgi Mesajları Ayrılıq Mesajları Nifrət Mesajları Həsrət Mesajları 1 Января - Новый год 7 Января - Рождество 14 Января - старый Новый год 25 Января - Татьянин день 14 Февраля - день Святого Валентина 23 Февраля Масленица 8 Марта 1 Апреля - День смеха Христово Воскресение - Пасха 1 Мая 9 Мая - День Победы 12 Июня - День России Выпускной вечер 1 Сентября - День знаний 5 Октября - День учителя Владельцу фирмы Военным, призывникам Восточный гороскоп Коллеге К подарку Любимой, жене, подруге Любимому, мужу На свадебный юбилей Начальнику На юбилей по годам Новорожденному Первокласснику По знакам Зодиака Пожелания По именам - женщинам По именам - мужчинам Профессиональные Ребенку Студенту С днем рождения С новосельем С разводом, 2-м браком С юбилеем Уходящим на пенсию Учителю Цветочный гороскоп Прикольные смс поздравления Статусы Для одноклассников Статусы Вконтакте Статусы для агента Статусы icq Супер статусы Прикольные статусы Анекдоты Статусы про любовь Короткие статусы Романтические Статусы про парней Статусы Для О девушках Грустные статусы Новые статусы Фото статус Статусы для аськи Веселые статусы Статус смешно Статусы стервы Статусы про жизнь Классные статусы Самые лучшие статусы О дружбе Весенние Кризис Статус года Злые статусы Пожелание с добрым утром Пожелание спокойной ночи На английском Статусы в асе Кавказские статусы Клевые статусы Sherlar.uz Тожикча шерхо Tezkor.Net da Kun Iqtiboslari, www.sherlar.net, SHERLAR.NET WWW.SHERLAR.NET